06 iyu 06:42
Yangiliklar

Saul Alvares uchun besh-olti nafar ehtimoliy raqib bor
"Alvares uchun besh yoki olti nafar ehtimoliy raqib bor. Biz xech kimni ro'yxatdan chiqarib tashlamoqchi emasmiz. Lekin, shu bilan bir qatorda ular orqasida qolganlardan yaqqol ajralib turuvchi nomzod ham yo'q.
Bir qancha variantlar taqdim etildi, lekin Saulning o'zi kimga qarshi jang qilishni hal qiladi.
Raqiblarning bir nechasi jahon chempionlari. Gap shundaki, chegaralar yopiq. Odamlar avvalgidek bemalol sayohatlar qila olishmaydi. Biz buni ham hisobga olishimiz kerak", - dedi Gomes.
Boxing Scene nashrining xabar qilishicha Kaneloning ehtimoliy raqiblari ro'yxatida Kaleb Plant, Xayme Munguyya, Billi Jo Sonders, Devid Benavides, Devid Leme, Sergey Derevyanchenko va Entoni Dirrell kabi bokschilar bor.
Fikrlar