07 noy 13:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares uchun beshta chempiondan biri raqib bo'lishi mumkin
Uch vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvaresning navbatdagi jangini kimga o'tkazishi mumkinligi elon qilindi.
Meksikalik chempionga qarshi jang qilish uchun besh nafar nomzod bor. Bular: Gennadiy Golovkin, Billi Jo Sonders, Demetrius Andrade, Dmitriy Bivol va Kallum Smit. Bularning barchasi o'z vazn toifalarining chempionlari hisoblanadi.
Besh nafar bokschining orasida Saulga qarshi jang qilishi mumkin bo'lgan eng asosiy nomzod sifatida qozog'istonlik Gennadiy Golovkin etirof etilmoqda.
Havola :
Manba : sportarena.com
Fikrlar