05 iyu 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvaresning navbatdagi ehtimoliy raqibi malum qilindi
O'rta vaznda sobiq jahon chempioni David Leme (41-4, 35 KO) Saul Alvaresning (53-1-2, 36 KO) navbatdagi raqibi bo'lishi mumkin.
"David nomzodi haqiqatdan ham muhokama qilinmoqda. Biz muzokaralarning dastlabki bosqichidamiz. Barchasi bizga beriladigan taklif bilan bog'liq. Lekin bir narsa aniq: David choychaqa pul uchun jang qilmaydi", - dedi promouter Kamil Estefan.
Avvalroq, Kanelo navbatdagi jangini sentyabr oyida Las-Vegasda o'tkazishi haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar