12 noy 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvaresning navbatdagi ehtimoliy raqibi nomi malum qilindi
Meksikalik bokschi Saul Alvaresning jamoasi supero'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Billi Jo Sonders bilan muzokaralar o'tkazdi.
Sonders so'nggi jangida Marselo Koseresni 11-raundda nokautga uchratib, chempionlik kamarini himoya qilgandi. Jang davomida u raqibini uch marotaba nokdaun holatiga ham tushirgandi.
Saul Alvares esa so'nggi jangida rossiyalik Sergey Kovalyovni nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : NBC Sports
Fikrlar