11 jan 11:41
Yangiliklar
Tennis
Sebastyan Korda Adelaidada bosh sovrin uchun o'ynaydi
Avstraliyaning Adelaida shahrida o'tkazilayotgan ATP 250 toifasiga kiruvchi turnirda finalchilar malum bo'ldi.
Dunyoning 22-raketkasi amerikalik Sebastyan Korda 1/2 finalda ATP reytingida 55-pog'onada borayotgan serbiyalik Miomir Kechmanovichni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 7/6(4). Bu bilan u tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1.
Sakson daqiqa davom etgan bahsda Korda 13, Kechmanovich 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bugun Sebastyan Yashil qitadagi turnir bosh sovrini uchun kanadalik Feliks Ojega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar