25 iyu 13:26
Yangiliklar
Futbol

Segunda klubi 6 oyda 20 000 tomoshabinga mo'ljallangan vaqtinchalik stadion qurdi
Ispaniyaning ikkinchi divizionida qatnashayotgan "Saragosa" 6 oy ichida shinam stadion barpo etdi.
Bunday qarorga ehtiyoj klubning uy arenasi "La Romareda" 2030 yilgi Jahon chempionati o'yinlariga mezbonlik qilish uchun tanlangani sababli paydo bo'ldi. Hozirda "Saragosa" stadioni sig'imini 33 608 tomoshabindan 43 000 tomoshabinga ko'tarish maqsadida rekonstrukciya uchun yopilgan.
"Iberxaka Estadio" nomini olgan 20 000 o'rinli yangi stadion keyingi ikki mavsumda "Saragosa"ning uy uchrashuvlarini o'tkazadi.
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar