So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

22 dek 19:02
Yangiliklar

Futbol

Sehrgarlik, g'aroyib mojarolar va buyuk kambek. Afrika Millatlar kubogi haqida 10 ta g'ayrioddiy fakt

Kecha Afrika Millatlar kubogi start oldi. Qita birinchiligi oldidan qiziqarli tarixiy malumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Ko'pincha unvon Afrikaning shimoliy qismiga nasib etgan. Rekordchilar orasida Misr (7 marta g'olib), Kamerun (5 marta) va Gana (4 marta) bor.

Afrika Millatlari kubogini 16 nafar xorijlik murabbiy qo'lga kiritgan. Ularning aksariyati (6 kishi) francuzlar. Erve Renar esa (hozirda Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasining bosh murabbiyi) ikki xil terma jamoa bilan mazkur turnirda g'alaba qozongan yagona murabbiy hisoblanadi (2012 yilda Zambiya va 2015 yilda Kot-d’Ivuar bilan).

2028 yildan boshlab turnir har ikki yilda emas, balki to'rt yilda bir marta o'tkaziladi. Buning sababi 2029 yildan yangi turnir – Afrika Millatlar ligasi tashkil etilishi bilan bog'liq.

2021 yilda Jazoir terma jamoasi shtabidagi bir shaxs jamoaning mag'lubiyatiga sehrgarlik aloqador emasligiga ishonch hosil qilish maqsadida maydon atrofiga idishdan suv sepdi. 2022 yilda esa Zimbabve terma jamoasi shtabi azosi maydon markazida o'lik ko'rshapalakni topib, musobaqa tashkilotchilarini "qora jodu"ni qo'llashda aybladi.

2010 yilgi turnirda xalqaro futbol tarixidagi eng buyuk kambeklardan biri sodir bo'ldi. Mali terma jamoasi Angolaga qarshi o'yinning 79-daqiqasigacha 0:4 hisobida yutqazib turgan holda, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.

2010 yilgi musobaqaning eng yaxshi to'purari zaxiradagi o'yinchi bo'ldi. Misrlik Muhammad Gedo har uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, jami 5 ta gol urdi. U tarkibga jalb etilgani haqidagi xabarni esa internetdan bilib qolgan edi.

2022 yilgi turnirda hakam final hushtagini chalishda ikki marta xatoga yo'l qo'ygan. Avvaliga o'yin tugashiga 5 daqiqa qolganida, keyin esa 30 soniya qolganida o'yinni tugatgan. Hakamlar brigadasini stadiondan qo'riqchilar kuzatuvida olib chiqishgan.

Niger terma jamoasi mablag' etishmasligi sababli Afrika kubogi-2013'ga bora olmasligi mumkin edi. Mamlakat futbol federaciyasi jamoaning JARdagi turnirga safar xarajatlarini qoplay olmadi. Hukumat va fuqarolar kerakli mablag'ni yig'ib, vaziyatni hal qilishga yordam berdi.

Togo terma jamoasining avtobusi 2010 yilda turnirga mezbonlik qilgan Angola chegarasida pulemyotdan o'qqa tutildi. Avtobusni kuzatib borayotgan qo'riqchilar javob otishmasini qaytarishiga qaramay, bosh murabbiy yordamchisi, jurnalist va haydovchi halok bo'lishining oldini ololmadi.

Afrika Millatlar kubogi-2025'ga chaqirilgan o'yinchilarning atigi 30 foizi Afrika klublarida to'p tepmoqda. 200 nafar futbolchi o'z qitasidagi jamoalarda o'ynayotgan bo'lsa, 465 kishi Afrikadan tashqaridagi klublarda faoliyat yuritmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing