22 iyu 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Sen-Per: Xabib - ideal jangchi!
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Per engil vaznda amaldagi jahon chempioni Xabib Nurmagomedov haqida iliq fikr bildirdi.
"Xabib bilan jang qilishni istamagan sportchining o'zi bo'lmasa kerak. Albatta, bunday istak menda ham bor. Gap faqat pulda emas. Xabib bilan bo'ladigan janglar tarixga muhrlanadi. U tom manoda ideal jangchi. Biron marta mag'lubiyatga uchramagan", — deya kanadalik sobiq jahon chempionining so'zlarini keltirmoqda BJ Penn.
Eslatib o'tamiz, Jorj Sen-Per rasman faoliyatini yakunlagan.
Havola :
Fikrlar