17 sen 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Sen-Per Xabibning keyingi raqibi kim bo'lishi kerakligini aytdi
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Perning fikricha, Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o'tkazishi lozim.
“Xabib Toniga qarshi jang qilishi shart. Bu super to'qnashuv bo'lishi aniq. Men bu jangni anchadan beri kutaman. Fergyusonning qonli janglari menga yoqadi. Xabib esa raqiblarini parterga yotqizishni yoqtiradi. Har ikkisi ham o'zining ustun tomonidan to'liq foydalana oladigan jangchilar hisoblanishadi”, - dedi Jorj.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar