19 jan 08:11
Yangiliklar
Senegal ekstra taymlarda Marokashni engib Afrika kubogi sohibi bo'ldi, Dias 90+24 daqiqada penaltini golga aylantira olmadi
Turnir Marokashda bo'lib o'tgani ham muhim jihatlardan biri bo'ldi. 90+24 daqiqada Braim Dias penaltidan unumli foydalana olmadi. Bungacha Senegal terma jamoasi norozilik sifatida maydonni tark etgandi, biroq Sadio Mane sheriklarini ortga qaytishga chaqirdi.
Birinchi ekstra-taymning 4-daqiqasida Pap Geye Senegalni hisobda oldinga olib chiqdi va uning goli jamoaga Afrika Kubogini keltirdi.
Senegal aqlbovar qilmas finalda Afrika kubogini mo'jizaviy tarzda qo'lga kiritdi: senegalliklar marokashlik mezbonlarni mag'lub etib, ularni 1976 yildan beri kutilgan Afrika kubogidan mahrum qilishdi.
Final xronologiyasi:
• 90+2 - Senegalning goli bekor qilindi.
• 90+8 - Marokashdan penalti.
• 90+12 - Senegal o'yinchilari maydonni tark etdi.
• 90+20 - Senegal o'yinchilari qaytdi.
• 90+24 - Senegal posboni penaltini qaytardi.
• 94 - Senegal qo'shimcha vaqtda gol urib, g'alabaga erishdi.







Fikrlar