19 jan 13:47
Yangiliklar
Futbol
Senegal prezidenti 19 yanvarni haq to'lanadigan dam olish kuni deb elon qildi
Bu mamlakat terma jamoasining Afrika Kubogi finalidagi g'alabasi munosabati bilan amalga oshirildi.
Marokash bilan o'ta dramatik o'yindan (1:0) so'ng davlat rahbari Bassiru Diomay Fay senegal xalqiga murojaat etib, 19 yanvarni ish haqi saqlangan holda davlat bayrami va dam olish kuni deb elon qildi.
SHu tariqa, bugun Senegalning millionlab aholisi ishga chiqmaydi va butun mamlakat bo'ylab terma jamoaning Afrika Kubogidagi ikkinchi g'alabasini nishonlash imkoniga ega bo'ladi.

Havola :
Fikrlar