So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

11 mar 08:09
Yangiliklar

Futbol

Ser Aleks Fergyusonning xotiralar kitobi nashrdan chiqadi

Unda afsonaviy murabbiy o'zi uchun alohida ahamiyat kasb etgan 21 ta o'yin haqida hikoya qiladi.

SHuningdek, kitobda avval elon qilinmagan suratlar va uning shaxsiy arxividan materiallar ham joy oladi.

Fergyusonning takidlashicha, u hayotining turli bosqichlari bilan bog'liq bo'lgan o'yinlarni tanlab olgan. Uning so'zlariga ko'ra, ularning ko'pchiligi muxlislarni hayratga solishi mumkin, chunki hammasi ham mashhur uchrashuvlar emas. Bu o'yinlarning ayrimlari hatto televidenie arxivlarida ham saqlanmagan — ular faqat uning xotirasida yarq etib namoyon bo'ladi.

"Ushbu kitob uchun men o'zim uchun alohida ahamiyatga ega 21 ta o'yinini tanladim.

Tanlov sizlarni hayratga solishi mumkin, chunki men avvalgi kitoblarda yozgan o'yinimlarga yopishib olmadim yoki muxlislarning darrov yodiga tushadigan bahslar bilan cheklanib qolmadim. Aksincha, meni hayotimning turli lahzalariga qaytarib boradigan va o'n yillar o'tsa ham katta ahamiyatga ega bo'lib qolgan o'yinlarni saraladim.

Uchrashuvlarning ayrimlari hech qanday televidenie arxivida saqlanmagan. Bu — faqat xotiralar. Biroq tasavvurimda men ularni hozir ham go'yoki tomosha qilyapman — juda yorqin ranglarda", – dedi Aleks Fergyuson.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing