25 okt 15:04
Yangiliklar
Tennis
Serena Uilyams Asturiysk malikasi - 2025 mukofotini qo'lga kiritdi
"Katta Dubulg'a" turnirlarining 23 karra chempioni Serena Uilyams sport sohasida Asturiysk malikasi - 2025 mukofotiga ega chiqdi.
Tantanali marosim Ispaniyaning Ovedo shahrida bo'lib o'tdi. Tadbirda Ispaniya qiroli Filipp VI va Ispaniya qirollik oilasi azolari ishtirok etdi.
Uilyamsga faxriy mukofot berilishi bahordayoq malum bo'lgandi. O'shanda tegishli qarorni etti karra Paralimpiya chempioni Tereza Perales boshchiligidagi hakamlar hayati qabul qilgan edi.

Ushbu nufuzli mukofot hayotning turli sohalaridagi xizmatlari uchun taqdim etib kelinmoqda. SHu kungacha engil atletikachilar Elena Isinbaeva va Sebastyan Kou, tog' chang'ichisi Lindsi Vonn, "Formula 1" poygachisi Mixael SHumaxer, futbol bo'yicha Braziliya terma jamoasi hamda tennischi Rafael Nadal mukofotni qo'lga kiritgan edi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar