02 may 14:17
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin 1/2 final ishtirokchisiga aylandi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha ITF turkumidagi turnir bo'lib o'tmoqda.
M15 toifasiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan vakilimiz biroz avval 1/2 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Tennischimiz 71 daqiqa davom etgan 1/4 finalda rossiyalik Bekxan Atlangerievni 6/2, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 461, Atlangeriev 994-pog'onadan joy olgan. Ertaga Sergey final chiptasi uchun germaniyalik Adrian Otcbaxga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar