03 may 17:20
Yangiliklar

Sergey Fomin 1/2 finalning uchinchi geymida "yo'q" bo'lib qoldi
M15 toifasiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli odimlayotgan edi. Afsuski, turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan vakilimiz biroz avval yakuniga etgan 1/2 final bahsida mag'lubiyatga uchradi.
Tennischimiz 2 soatu 23 daqiqa davom etgan uchrashuvda germaniyalik Adrian Otcbaxga uch set natijasiga ko'ra yutqazib qo'ydi - 6/2, 3/6, 0/6. Fomin hal qiluvchi uchinchi setda turnirda to'rtinchi raqam ostida harakat qilayotgan olmon raqibiga umuman qarshilik ko'rsatmadi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 461, Adrian 680-pog'onadan joy olgan. Endi Sergey bor etiborini ushbu turnirning juftlik bahslariga qaratadi. U bugun finalda juftlikdagi hamkori bilan bosh sovrin uchun kortga chiqadi.
Fikrlar