06 mar 17:36
Yangiliklar

Sergey Fomin Antaliyadagi turnirda 1/4 finalga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk bosqichda turkiyalik Mert Ozdemirni 7/6, 6/0 hisobida mag'lub etgandi.
Biroz avval yakuniga etgan 1/8 final bahsida ruminiyalik Dragosh Kazaku ham dog'da qoldirildi. Bu safar Fomin kambek evaziga g'alaba qozondi. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan Sergey 2 soatu 6 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:2, 4/6, 6:3 hisobida zafar quchdi. Fomin uchinchi setning to'rtinchi geymidan keyin 1/3 hisobida yutqazayotgandi. Breyk evaziga raqibining geymini yutib olgan hamyurtimiz keyin muvozanatni tikladi va yakunda g'alabani ilib ketdi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ayni paytda dunyo reytingida 564, Kazaku 827-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. 2023 yilning 3 may kuni o'tgan ilk to'qnashuvda ruminiyalik tennischi g'alaba qozongandi. Endi vakilimiz 1/4 finalda turnirning uchinchi raketkasi italiyalik Aleksandr Veysga qarshi kortga chiqadi. Veys ATP reytingida 447-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar