25 apr 14:22
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin bu safar ham 3 soatdan oshiq 3 setlik uchrashuv o'tkazdi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha ITF M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan 1/4 final uchrashuvida yana qiyin g'alabaga erishdi. U 3 soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda rossiyalik Konstantin Jjenovni qiyinchilik bilan mag'lub etdi - 6/3, 6/7(6), 6/4.
Taqqoslash uchun, SHimkent turnirining birinchi raketkasi bo'lgan Fomin hozirda ATP reytingida 461, bugun jiddiy qarshilik ko'rsatgan Jjenov esa 1658-o'rinni egallab turibdi. Sergey kecha 2 soatu 50 daqiqada davom etgan 1/8 finalda ham 994-raketkani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar