30 mar 10:37
Yangiliklar

Sergey Fomin finalda. Uning bosh sovrin uchun bahsdagi raqibi - 1228-raketka!
Qizig'i, hamyurtimiz finalgacha bo'lgan barcha uchrashuvlarini uch set natijasiga ko'ra o'z foydasiga hal qildi. Raqiblar Fominga jiddiy qarshilik ko'rsatishyapti. Musobaqada oltinchi raqam ostida tasniflangan tennischimiz 1/2 finalda rossiyalik 22 yoshli Svyatoslav Gulinni 1/6, 7/6(5), 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 2 soatu 18 daqiqa davom etgan.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ayni paytda ATP reytingida 543, turnirning 4-raketkasi bo'lgan Gulin esa 475-o'rinni egallab turibdi. Bugun yurtdoshimiz Antaliya turniri bosh sovrini uchun ruminiyalik Gabriel Getuga qarshi kortga chiqadi.
Reytingning 1228-pog'onasidan joy olgan bu rumin tennischisi 1/2 finalda turnirning 7-raketkasi, niderlandiyalik Stiyin Slampni 6/4, 2/6, 7/5 hisobida taslim etib, o'zining shov-shuvli yurishini davom ettirdi. Fomin - Getu uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 11:00da boshlanadi.
Fikrlar