01 may 14:10
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin ishtirokidagi bahs 11 daqiqa davom etdi
Qozog'istonning SHimkent shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirida chorak finalchilar aniqlanmoqda.
M15 toifasiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan vakilimiz biroz avval 1/8 final bahsida hindistonlik Kumaran Bharatga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setning uchinchi geymidan keyin hind tennischisi bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
SHu tariqa, ATP reytingida 461-o'rinni egallab turgan Sergey Fomin keyingi bosqichga yo'l oldi. Uning chorak finaldagi raqibi rossiyalik tennischilar - Aleksandr CHayka yoki Bekxan Atlangeriev bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar