09 apr 16:44
Yangiliklar

Sergey Fomin navbatdagi sovrini uchun yurishini boshladi
Uchinchi haftadirki, hamyurtimiz Sergey Fomin Turkiyaning ushbu kurort shahrida tashkil etilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. U avvaliga chempion bo'ldi, uch kun avval esa vice-chempionga aylandi.
Bugun mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada chexiyalik Yan Kumstatga qarshi kortga chiqdi. Etmish etti daqiqa davom etgan bahsda Fomin raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/2.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 499, 18 yoshli Kumstat 1734-pog'onadan joy olgan. Ertaga hamyurtimiz 1/8 final uchrashuvida turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Zdenek Kolarga qarshi bahs olib boradi. CHexiyalik 28 yoshli tennischi ATP reytingida 418-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar