22 fev 14:23
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin Portugaliya turnirining 1/4 finalida kortga chiqdi
Portugaliyaning Vila-Real-di-Santu-Antoniu shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Unda hamyurtimiz Sergey Fomin ham nisbatan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/8 finalda turnirning uchinchi raketkasi, reytingda 301-o'rinni egallab turgan slovakiyalik Martin Klijanni 6/4, 7/6(5) hisobida mag'lub etishni uddalagandi.
Afsuski, 2 soatu 33 daqiqa davom etgan 1/4 final bahsida u turnirning ettinchi saralangan tennischisi, portugaliyalik Gastao Eliasga 3/6, 6/3, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Fomin ATP reytingida 558, Eliasa esa 378-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar