21 fev 09:12
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin Portugaliyada dunyoning sobiq 30-raketkasini mag'lub etdi
Portugaliyaning Vila-Real-di-Santu-Antoniu shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Unda hamyurtimiz Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi 1/8 finalda turnirning uchinchi raketkasi, reytingda 301-o'rinni egallab turgan slovakiyalik Martin Klijanni 6/4, 7/6(5) hisobida mag'lub etishni uddaladi.
Uchrashuvi 2 soatu 21 daqiqa davom etgan. 36 yoshga qarab ketayotgan tajribali Martin o'z vaqtidan dunyoning 30-raketkasi bo'lgan. Sergey Fomin esa ATP reytingida 558-pog'onadan joy olgan. Bugun tennischimiz 1/4 finalda reytingda 378-o'rindan joy olgan portugaliyalik Gastao Eliasga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar