19 may 12:58
Yangiliklar

Sergey Fomin Tbilisi "CHellenjer" turniridagi yurishini boshladi
Musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 73 daqiqa davom etgan ilk davra uchrashuvida saralash bahslariga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan greciyalik Pavlos Cicipasni 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 462, Cicipas esa 1127-pog'onadan joy olgan. 19 yoshli Paslos greciyalik mashhur tennischi Stefanos Cicipasning ukasi hisoblanadi. Cicipas 9, Fomin esa 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Saralashda to'qqizinchi raqam ostida tasniflangan Sergey birozdan so'ng rossiyalik Semen Pankinga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs g'olibi asosiy to'rga yo'l oladi.
Fikrlar