12 may 17:41
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin Tbilisidagi turnirda boshlaboq tugatdi
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Biroz avval hamyurtimiz Sergey Fomin ushbu musobaqaning ilk davra uchrashuvida kortga chiqdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasiga 1/6 finalda Janubiy Afrika Respublikasi tennischisi Filip Xenning raqiblik qildi.
Afsuski, 67 daqiqa davom etgan uchrashuvda 24 yoshli Xenning ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi - 6/3, 6/0. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar