21 mar 17:25
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				 
				
			 
				Sergey Fomin Turkiyada o'zidan 820 pog'ona pastdagi tennischiga yutqazdi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ITF 15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
			Ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rayotgani va ilk bosqichda g'alabaga erishgani haqida xabar bergandik. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi bugun musobaqaning ikkinchi davrasida kortga chiqdi.
Ushbu bosqichda hamyurtimizga franciyalik Tomas Faurel raqib bo'ldi. 2 soat 4 daqiqa davom etgan o'yinda Fomin afsuski 6:7, 1:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va ishtirokini yakunladi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ayni paytda dunyo reytingida 543, Faurel esa 1363-o'rinni egallab turibdi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar