06 apr 18:24
Yangiliklar

Sergey Fomin Turkiyadagi musobaqada vice-chempion bo'ldi
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuviga qadar etib bordi. Tennischimiz 4 daqiqasi kam 3 soat davom etgan bahsda reytingda o'zidan 20 pog'ona yuqorida borayotgan ukrainalik Oleksi Krutixga 6/7(4), 6/3, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqa vice-chempioniga aylandi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 555, uning ukrain raqibi 535-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Sergey bundan avval ketma-ket sakkizta uchrashuvda g'alaba qozonib, ajoyib seriya qayd etgandi. Hamyurtimiz o'tgan hafta Antaliyadagi M15 turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgandi.
Fikrlar