05 mar 15:17
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin Turkiyadagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Turkiyaning Antalya shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida M15 toifasidagi musobaqa boshlandi.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham ishtirok etmoqda.
Tennischimiz ilk bosqichda mezbon sportchi Mert Ozdemirga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 39 daqiqa davom etgan o'yinda Fomin 7:6, 6:0 hisoblarida g'alaba qozondi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Taqqoslash uchun Fomin ayni paytda dunyo reytingida 564, Ozdemir esa 1692-o'rinni egallab turibdi.
Endi Fomin navbatdagi o'yinini ruminiyalik tennischilar o'rtasidagi o'yin g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar