03 iyu 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Sergey Kovalyov kamarlarni o'z qo'lida birlashtirmoqchi
Yarim og'ir vazn toifasida WBO chempioni Sergey Kovalyov mutloq jahon chempioni bo'lish istagida ekanligini malum qildi.
Bu haqda u Moskvada bo'lib o'tgan matbuot anjumanida xabar berdi.
"Rejam bo'yicha yana beshta jangdan so'ng faoliyatimni yakunlayman. Maqsadim mana shu janglar orqali o'z vazn toifamda mutloq jahon chempioni bo'lish. Hozir hamyurtlarim Dmitriy Bivolda WBA, Artur Beterbievda IBF, ukrainalik Aleksandr Gvozdikda WBC kamari bor. Menga birinchi navbatda Beterbiev bilan jang muhim. U bilan havaskor boksda ham alohida hisob-kitobimiz bo'lgan. Artur meni -81 kg vazn etakchisi bo'lishim uchun yo'l bermasdi", - dedi Kovalyov.
Malumot uchun, Sergey Kovalyov 29 iyun kuni CHelyabinsk shahrida chempionlik kamari uchun rasmiy davogar Entoni Yardga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar