02 iyu 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/13693_220.jpg)
Sergey Kovalyov: “Uord – shunchaki qog'ozdagi chempion!”
Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov amerikalik Andre Uordga qarshi kechadigan revansh jangi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
Malumot uchun, Uord o'tgan yili teng kurashlar ostida kechgan jangda Kovalevni mag'lub etib, yarim og'ir vazn toifasida raqibiga tegishli bo'lgan WBA, WBO hamda IBF chempionlik kamarlarini tortib olgan edi.
“Men Uordni jazolayman. Ilk jangimizda u mag'lubiyatga uchraganini juda yaxshi biladi. Andre hurmat qiladimi, yo'qmi, bunisi meni qiziqtirmaydi. Bilganim uni mag'lub etib, chempionlik kamarlarimni qaytarib olaman. U shunchaki qog'ozdagi chempion”, - dedi Kovalyov.
Eslatib o'tamiz, Kovalyov va Uord o'rtasidagi chempionlik jangi 17 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar