21 sen 10:18
Yangiliklar
Tennis

Seul (WTA 500). Iga Cvyontek finalda o'ynaydi
Koreya Respublikasining Seul shahrida tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnir hal qiluvchi pallasiga etib keldi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek ortiqcha qiyinchiliksiz musobaqaning finaliga chiqdi. Polshalik tennis malikasi 1/2 finalda WTA reytingida 46-pog'onada borayotgan avstraliyalik Mayya Joyntni 6/0, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Oltmish etti daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Svyontek tomonida bo'ldi - 6 ga 1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar