25 sen 12:04
Yangiliklar
Paralimpiya

Seulda Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi Bosh Assambleyasi va Konferenciyasi o'z ishini boshladi
SHu haftada Koreya Respublikasining Seul shahrida Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining XXII Bosh Assambleyasi hamda Konferenciyasi o'tkaziladi.
Unda 190 ga yaqin IPC azo tashkilotlari qatnashadi. Tadbirlarda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vice-prezidenti Muxtorxon Tashxodjaev hamda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Farruh Ahmedov ham ishtirok etadi.
Konferenciya va Assambleya doirasida 2023-yilgi Bosh Assambleyadan keyin erishilgan yutuqlar to'g'risida xisobot berilishi, shuningdek, IPC Boshqaruv Kengashi saylovida ishtirok etayotgan nomzodlar bo'yicha malumotlar taqdim etilishi, bazi xalqaro federaciyalarning tashkilotga azoligi qayta ko'rib chiqilishi ko'zda tutilgan.
Bundan tashqari, 27 sentyabr kuni IPC prezidenti va Boshqaruv Kengashi saylovlari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar