13 sen 11:56
Yangiliklar
![](/upload/storage/85408_220.jpg)
SHahobiddin Zoirov JCH-2019dagi dastlabki g'alabadan so'ng qanday fikrda?
Mazkur bahsda hamyurtimizga turkmanistonlik Ixlas Gulijanov raqiblik qildi. Zoirov mazkur jangni juda yaxshi o'tkazdi va 5:0 hisobidagi g'alabaga erishdi. Ushbu bahsdan so'ng, biz SHahobiddinning fikrlari bilan qiziqdik.
"Dastlabki jangimni yaxshi o'tkazdim va g'alaba qozondim. Bahs davomida u qadar katta muammolar bo'lgani yo'q va ishonchli tarzda g'alabani qo'lga kiritdim. Nasib qilsa, ikkinchi jangimni ham muvaffaqiyatli o'tkazib, olg'a intilishda davom etaman. Jang vaqtida meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga, ayniqsa musobaqa zaliga tashrif buyurgan muxlislarimizga rahmat aytaman.
Xudo xohlasa O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini juda yaxshi natijalar bilan yakunlaydi va yurtimizga yorug' yuz bilan qaytamiz. Barchaga rahmat", - dedi SHahobiddin Zoirov.
Eslatib o'tamiz, SHahobiddin Zoirov ertaga musobaqadagi ikkinchi jangini o'tkazadi. Ushbu bahsda bokschimizga Dominikan Respublikasi vakili Rodrigo Marte raqib bo'ladi.
Aziz To'xtamurodov, Ekaterinburg
Fikrlar