01 avg 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/78945_220.jpg)
SHahobiddin Zoirov Rossiyada chorak final jangini o'tkazdi
Rossiya Federaciyasining Kaspiysk shahrida boks bo'yicha xalqaro xotira turniri davom etmoqda.
Olimpiada chempioni, -52 kg vaznli bokschimiz SHahobiddin Zoirov chorak finalda ozarbayjonlik Mirmexti Mextizadaga qarshi jang o'tkazdi.
Bokschimiz birinchi raunddayoq o'zining zarbalar seriyasini uyushtirdi. Natijada hakam hisobni ochdi. Ozarbayjonlik bokschining murabbiylari o'sha payt jangni to'xtatishni maqul ko'rishdi. SHu tariqa, Zoirov birinchi raunddayoq g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar