20 sen 15:33
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahobiddin Zoirovning jahon chempionati finalidagi raqibi malum bo'ldi
Xabar berib o'tganimizdek, bokschimiz SHahobiddin Zoirov biroz avval JCH yarim finalida franciyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
Hozirgina mazkur vazn toifasida ikkinchi yarim final jangi yakunlandi. Unda qozog'istonlik Saken Bibossinov Hindiston terma jamoasi azosi Amitga qarshi jang qildi. Keskin bahs yakuniga ko'ra hindistonlik bokschi 3:2 hisobida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.
Demak, ertaga Amit Zoirovga qarshi oltin medal uchun jang qiladi.
Eslatib o'tamiz, aynan Amit Osiyo chempionati (2019) va Osiyo o'yinlari (2018) finalida Hasanboy Do'smatovni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar