06 sen 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18654_220.jpg)
SHahram G'iyosov - Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi!
Gamburgda o'tkazilgan boks bo'yicha jahon chempionatining oltin medal sohibi SHahram G'iyosov muxlislar tomonidan ushbu musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Xalqaro havaskor boks federaciyasi rasmiy saytida jahon chempionatining eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida muxlislar o'rtasida so'rov o'tkazildi. Ushbu so'rovda katta farq bilan hamyurtimiz g'olib chiqdi.
SHahram G'iyosov 56 foiz ovoz to'plagan. Ikkinchi o'rindan yana bir jahon chempioni ukrainalik Oleksandr Xijnyak 17 foiz ovoz bilan joy oldi. Kubalik jahon chempioni Xulio Sezar La Kruz 15 foiz ovoz bilan kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar