19 avg 10:00
Yangiliklar
SHahram G'iyosov navbatdagi jangi oldidan fikrlarni bildirdi
Mazkur bahsda hamyurtimizga sobiq jahon chempioni, kolumbiyalik Darleys Peres raqiblik qiladi.
Ushbu jang oldidan SHahram G'iyosov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"9-jangimga bir hafta vaqt qoldi. Nasib qilsa, chorshanba kuni murabbiy va menejerlarimiz bilan Meksikaga jo'nab ketyapmiz. Ayni paytda translyaciya masalasida ish olib borilmoqda. Yaqin orada bu borada yangiliklar bo'ladi.
Tayyorgarlik juda yaxshi o'tdi. Sparringlar bo'ldi. Mehnatni oxirigacha qildik. Endi Xudo xohlasa ushbu mehnatni rohatini ko'ramiz. G'alaba qozonib, O'zbekistonimiz bayrog'ini ko'taramiz.
Bu himoya jangim bo'ladi, 10 raundga mo'ljallangan. Raqibim juda kuchli bokschi. Ikki karra jahon chempioni, Olimpiada ishtirokchisi. Jang qiziq bo'lishi kutilmoqda. Nasib qilsa, duo qilib tursangiz yurtimizga g'alaba bilan boraman", - dedi SHahram G'iyosov O'zbekiston professional boks federaciyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, SHahram ayni paytda WBA International kamari sohibi hisoblanadi.
Fikrlar