30 avg 08:50
Yangiliklar

SHahram G'iyosov navbatdagi jangi qachon bo'lishi haqida gapirdi
"Ikki karra sobiq jahon chempioniga qarshi jang qildim. Tayyorgarlik kuchli edi. Xalqimizning duosi va albatta mehnat evaziga ushbu jangda g'alaba qozondim. Mana nihoyat yurtimizga qaytib keldim.
Jang uchun qancha mukofot oldim? Hozircha ushbu pulni qo'limga olganim yo'q. Avval olay, so'ngra aytaman.
Navbatdagi jangim noyabr oyiga rejalashtirilmoqda. Bu borada promouter va murabbiylar ish olib borishmoqda. Jang sanasi yaqin orada malum bo'ladi. Endi bo'lajak raqiblarning barchasi kuchli bokschilar bo'ladi", - dedi SHahram G'iyosov.
Eslatib o'tamiz, SHahram 25 avgust kuni Meksikada kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darleys Peresga qarshi jang o'tkazib, raqibini 30 soniya ichida nokautga uchratgandi.
Fikrlar