18 avg 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov nihoyat, SHohjahon Ergashevning chaqiruvlariga munosabat bildirdi
Prof boksning yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq davogar bokschimiz SHahram G'iyosov o'zbekistonlik boshqa bir charm qo'lqop ustasi SHohjahon Ergashevning chorloviga javob berdi.
"Biz gapirishimiz shart emas. Bizning yutuqlarimiz va ishlarimiz gapiradi. Hamma narsani vaqt ko'rsatadi. Menga kim chaqiruv tashlaydi, kim men haqimda yomon gapiradi, menga umuman farqi yo'q. Orqamdan otilgan toshlarga qaramayman. Oldimda turgan maqsad tomon yurishda davom etaman", dedi G'iyosov.
SHahram G'iyosov may oyida angliyalik Jek Ketterolga qarshi WBA Regular kamari uchun jang qilib, faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar