26 sen 15:05
Yangiliklar
SHahram G'iyosov o'zbek boksidagi korrupciya haqida gapirdi
Tadbirda mehmon bo'lgan Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori, jahon chempioni O'zbekiston yoshlari oldida o'z hayoti va sportdagi faoliyati haqida gapirib berdi. SHuningdek, o'zbek boksi va umuman o'zbek sportiga doir korrupcion holatga ham to'xtalib o'tdi.
“SHubhasiz, ayni paytda o'zbek boksida korrupciya mavjud emas, lekin har doim ham bunday bo'lmagan. 2014 yilga qadar ko'p bora O'zbekiston chempionati finallarida nohaqlik sabab imkoniyatni boy berganman. Keyinchalik rahbariyat o'zgargach, faqat eng kuchlilar saralanadigan bo'ldi. Hozir boksimizda korrupciya yo'q, shu tufayli u rivojlanmoqda. Agar boshqa sport turlarida ham korrupcion holatning oldi olinsa, shubhasiz sport turlarida oldinga siljish ko'zatiladi”, - dedi G'iyosov.
Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda SHahram G'iyosov professional boksda faoliyat olib bormoqda va o'tgazgan 9 jangining barchasini o'z foydasiga hal qilgan.
Islom Oxunov yozib oldi
Fikrlar