27 avg 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/83010_220.jpg)
SHahram G'iyosovning qachon O'zbekistonga qaytib kelishi malum bo'ldi
Xabaringiz bor, havaskor boksda jahon chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz SHahram G'iyosov 25 avgust kuni Meksikada jang o'tkazgandi.
Hamyurtimiz o'sha kuni kolumbiyalik Darleys Peresga qarshi jang qildi va raqibini 30 soniya ichida nokautga uchratdi.
Prof ringda chempionlik sari dadil qadam tashlayotgan SHahram 29 avgust kuni soat 14:10 da Toshkent shahriga etib keladi.
Bokschimizni kutib olishni istovchilar o'sha kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga chiqishlari mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar