04 may 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA

"SHartnoma bor, u menga qarshi jang qilishga majbur"
IBF kamariga rasmiy davogar Kubrat Pulev Entoni Joshuaga qarshi o'tkazilishi lozim bo'lgan jang haqida fikr bildirdi.
“Jang shartnomasini ancha oldin imzolaganmiz. Barchasi tayyor, faqat jang o'tkazilishi qolgan. Menga chempionlik jangi kerak. Joshua kim bilan jang qilishni istayotgani menga qiziq emas. Virus tugashi bilan jangimiz bo'ladi, dastlab menga qarshi jang, keyin istaganini qilsin. U shartnoma bandlarini bajarishi shart”, - dedi Pulev.
Eslatib o'tamiz, Joshua va Pulev jangi 20 iyun kuni bo'lishi lozim edi, ammo virus sababli jang bekor qilingandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar