So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

30 sen 21:39
Yangiliklar

Boks/MMA

SHavkat Mirziyoev bokschilarimiz bilan uchrashdi

Ko'ksaroyda boks bo'yicha jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh bokschi va murabbiylarga davlat mukofotlari topshirish marosimi bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 27 sentyabrdagi farmoniga muvofiq, Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tgan boks bo'yicha jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchi va murabbiylar faxriy unvonlar va medallar bilan taqdirlangan edi.

30 sentyabr kuni Ko'ksaroyda ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo'ldi. Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sport federaciyalari rahbarlari, bokschilarning ota-onalari ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda yoshlar kamoloti, sport rivoji uchun puxta zamin yaratilgan. 2019-2023 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish koncepciyasi izchil amalga oshirilmoqda. Joylarda yangi sport obektlari ishga tushirilib, yoshlar sog'lom turmush tarziga faol jalb etilmoqda. Professional sportchilarning mashg'ulotlar o'tkazishi, mahoratini muntazam oshirib borishi uchun zarur sharoit yaratilmoqda.

Joriy yilning 4 sentyabr kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar belgilangan edi.

O'tgan qisqa vaqtda mamlakatimiz vakillari bir nechta turnirlarda ishtirok etib, ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Xususan, 14-22 sentyabr kunlari Qozog'iston poytaxti Nur-Sulton shahrida bo'lib o'tgan yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 4 ta medal bilan 2-o'rinni egalladi. Etiborlisi, sovrindor sportchilarimiz 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga ham yo'llanma oldi.

20-25 sentyabr kunlari Toshkentda dzyudo bo'yicha xalqaro Gran-pri turniri yuqori saviyada o'tkazildi. Unda 71 mamlakat sportchilari 14 ta vazn toifasida qatnashdi. Yurtimiz terma jamoasi jami 6 ta medal bilan 2-o'ringa sazovor bo'ldi.

6-22 sentyabr kunlari Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tgan boks bo'yicha jahon chempionati sportchilarimiz uchun yanada muvaffaqiyatli bo'ldi. Saksonga yaqin mamlakatdan eng kuchli charm qo'lqop ustalari ishtirok etgan g'oyat keskin bellashuvda terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo'lga kiritdi. AQSH, Kuba, Rossiya, Qozog'iston, Angliya, Hindiston kabi boks bo'yicha etakchi davlatlar vakillarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi. Jamoa sardori Bahodir Jalolov chempionatning “Eng yaxshi bokschisi” deb topildi.

Prezident SHavkat Mirziyoev mamlakatimiz sportchilarini, ularning ustoz va murabbiylarini, butun xalqimizni boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy g'alabasi bilan samimiy muborakbod etdi.

– Jahon chempionatida yuksak mardlik va matonat ko'rsatib, yurtimizga shunday buyuk g'alabani olib kelganingiz har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir. O'sha kunlari keksayu yosh – butun xalqimiz sizlarga zafar tilab, katta hayajon va qiziqish bilan o'z nigohini Ekaterinburg arenasiga qaratdi. Elimiz ana shu ulkan ishonchni oqlagan sizdek jasur, vatanparvar avlod bilan haqli ravishda faxrlanadi, – dedi davlatimiz rahbari.

Bu yutuqlar nafaqat jismoniy, balki ruhiy va manaviy kuch natijasi, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud kabi buyuk ajdodlarimizga munosib o'g'lonlargina bunday zafarlarga qodir ekani takidlandi.

Prezidentimiz shunday bahodir yigitlarni tarbiyalab, voyaga etkazgan mehribon ota-onalar, jonkuyar ustoz va murabbiylarga tashakkur aytdi.

Malumki, bokschilarimiz 2016 yil Rio-de-janeyroda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida ham umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan edi. Jahon chempionatidagi natijalar bunday yutuqlar tasodifiy emasligini, yurtimiz tom manoda boks mamlakatiga aylanib borayotganini yaqqol namoyon etdi.

– Bu g'alaba “O'zbekiston boks maktabi”, “O'zbekiston bokschilari” degan so'zlarni jahon sporti tarixiga oltin harflar bilan muhrlab qo'ydi. Endi O'zbekiston bokschilarini, o'zbek boks maktabini tan olgan ham tan oladi, tan olmagan ham tan oladi. Endi “O'zbekiston”, “o'zbekistonlik” desa, manaman degan bokschilar ham o'ylab ringga tushadigan bo'ladi, – dedi SHavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari g'olib va sovrindor bo'lgan bokschilarni, ularning murabbiylarini nomma-nom tilga olib, ularni qutladi. Bugungi natijalar kelgusi yil Tokioda o'tadigan Olimpiya o'yinlari uchun mustahkam poydevor yaratganini, bu nufuzli musobaqaga ko'proq licenziya olish va puxta tayyorgarlik ko'rish zarurligini takidladi.

Prezidentimiz bokschilar va ularning murabbiylariga davlatimizning yuksak mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

– Hamma qilayotgan ishlarimizdan maqsad - xalqimizni rozi qilish, yoshlarimizni barkamol etib tarbiyalash. Sizlarning g'alabangiz har bir sohada adolat bo'lsa, uzoq-uzoq qishloqlardagi istedodlar ham o'z o'rnini topsa, albatta natija bo'lishidan yana bir dalolat. Bu barcha yoshlarimizni marrani baland olib, o'z ustida ishlashga, ulkan muvaffaqiyatlarga erishishga ruhlantiradi, – dedi SHavkat Mirziyoev.

Bokschilar, ularning onalari va ustozlari sportni rivojlantirishga yuksak etibori, sportchi va murabbiylarga rag'bati uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.


Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing