So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

02 okt 17:10
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. Jahon chempionatining 9-turida birgina Rahmon g'alaba qozondi

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo'yicha 14, 16 va 18 yoshli shaxmatchilar o'rtasida jahon chempionati davom etmoqda.

Unda O'zbekiston o'smir va yoshlar terma jamoasi azolari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti. 14 yoshgacha o'smirlar o'rtasidagi bahslarda yurtimiz sport sharafini himoya qilayotgan Nodirbek Yoqubboev 9-tur uchrashuvida qora donalarda harakat qilib, rossiyalik Semen Lomasovga yutqazib qo'ydi.

Yoqubboev ushbu mag'lubiyatdan so'ng 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-o'ringa tushib ketdi. Bugun Nodirbek o'zi singari 6 ochkoga ega bo'lib turgan rossiyalik Yaroslav Remizovga qarshi dona suradi.


16 yoshlilar guruhida qatnashayotgan Saydali Saidakbarov 9-turda amerikalik Tiglon Bryusga qarshi qora donalarda o'ynab, durang qayd etdi. Bugun Saydali oq donalarda mezbonlar vakili Timur Trubchaninov bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.

16 yoshlilar guruhida ishtirok etayotgan shaxmatchimiz Nilufar Yoqubboeva bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Oq donalarda o'ynashiga qaramay, u hindistonlik Priyankaga imkoniyatni boy berdi. Besh yarim ochko bilan 11-pog'onadan joy olgan Nilufar bugun mo'g'ulistonlik Amina Battsujga qarshi dona suradi.  

18 yoshgacha bo'lgan shahmatchilar musobaqasida qatnashayotgan Bahora Abdusattorova bu turda mo'g'ulistonlik Uurtsayx Uurinttuyadan engildi. Bugun Bahora rossiyalik Bibisara Assaubaeva bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Har ikki shaxmatchi 5,5tadan ochko jamg'arishgan.

Va nihoyat, 18 yoshli o'g'il bolalar musobaqasida o'z mahoratini namoyish etayotgan Adil Rahmon 9-turda g'alaba qozongan yagona hamyurtimiz bo'ldi. U qora donalarda harakat qilishiga qaramay, vetnamlik Xoang Du Nguendan ustun keldi. Adel 5,5 ochko bilan 10-o'rindan joy olgan. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing