04 avg 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/16899_220.jpg)
SHevchenko Londondagi turnirda oktagonga ko'tariladi
Qirg'izistonlik Antonina SHevchenko Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etiladigan aralash qoidalar bo'yicha turnirda navbatdagi jangini o'tkazadi.
22 sentyabr kuniga belgilangan ushbu MMA shousi Phoenix Fighting Championship - Phoenix 3 London tashkiloti tomonidan o'tkazilyapti. Unda muaytay va MMA ustalari o'z janglarida mahoratlarini namoyish etishadi.
Jumladan, 61,2 kg vazn toifasidagi aralash qoidalar jangida qirg'izistonlik Antonina SHevchenko britaniyalik Kerri Xajes bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, Antonina SHevchenko tayboks bo'yicha Phoenix Fighting Championship tashkiloti chempioni hisoblanadi. U aralash qoidalar bo'yicha o'zining ikkinchi jangini o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar