01 iyu 12:29
Yangiliklar

SHin Fomin eplay olmagan ishni uddaladi, u bugun bosh sovrin uchun o'ynaydi
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat M15 Tashkent 2 turnirining ilk 1/2 finalida hamyurtimiz Sergey Fomin ATP reytingida 789-pog'onani egallab turgan yaponiyalik Renta Tokudoni 3/6, 6/3, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikkinchi yarim finalda to'rtinchi raketkamiz Maksim SHin reytingda o'zidan roppa-rosa 500 pog'ona yuqorida borayotgan italiyalik Lorenco Lorussoni mag'lub etishni uddaladi. Ikki soatu besh daqiqa davom etgan uchrashuvda SHin 7/6(5), 7/5 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Maksim SHin ayni paytda ATP reytingida 1737, uning italiyalik raqibi esa 1237-pog'onadan joy olgan. Bugun Maksim SHin va Rena Tokudo o'rtasidagi final uchrashuvi soat 15:00da boshlanadi.
Fikrlar