17 jan 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev 19 yanvar kuni Toshkentga qaytadi+FOTO
Engilmas va nokautchi bokschimiz SHohjahon Ergashev (12-0, 12 KOs) 19 yanvar kuni Moskvadan Toshkentga qaytib keladi.
Ayni paytda u Rossiya Federaciyasi poytaxtida bo'lib turibdi. Ergashev bir necha kun ona shahri Qo'qonda bo'lganidan so'ng yana AQSHga jo'nab ketadi. Oldinda hamyurtimizni yanada jiddiy janglar kutib turibdi.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev prof ringdagi
12-jangini AQSHning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida
o'tkazib, o'zi singari mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik Soni
Fredrikson (19-1, 12 KOs)ni uchinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
U 19 yanvar kuni soat 16:55da Toshkentga etib keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar