15 jan 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashev hozir Moskvada, tez orada u Toshkentga qaytadi
Engilmas va nokautchi bokschimiz SHohjahon Ergashev (12-0, 12 KOs) kuni kecha prof ringdagi 12-jangini AQSHning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida o'tkazib, chiroyli g'alabaga erishgandi.
SHohjahon o'zi singari mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik bokschi Soni Fredrikson (19-1, 12 KOs)ni uchinchi raunddayoq nokautga uchratib, g'alabali seriyasini davom ettirgan edi.
Kecha hamyurtimiz Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva
shahriga etib keldi. Aynan shu erda u o'zining asosiy tayyorgarlik mashg'ulotlarini
o'tkazib kelayotgandi. SHohjahonning bizga xabar berishicha, u shu haftada Toshkentga
qaytadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar