21 may 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev jangi chiptalari sotuvga chiqdi, eng qimmati - 50 dollar!
Xabar berganimizdek, 9 iyun kuni Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz SHohjahon Ergashev ringga ko'tariladi. Hozircha charm qo'lqop ustamizning raqibi malum emas. SHunisi aniqki, jang 10 raunddan iborat bo'ladi.
SHohjahonning bizga xabar berishicha, bugundan 9 iyun oqshomi uchun chiqarilgan chiptalarning savdosi boshlangan. CHiptalarni joyiga qarab 1000 rubldan 3000 rublgacha xarid qilish mumkin. Eng qimmat chipta ring atrofi joylari bo'lib, 50 dollarga sotilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar