12 noy 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/22487_220.jpg)
SHohjahon Ergashev keyingi jangini qachon o'tkazishini aytdi
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz SHohjahon Ergashev bugun AQSH zaminidagi ilk jangida mezbon bokschini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Jang yakunlanishi bilan nokautchi bokschimiz saytimiz uchun intervyu berdi.
“Bu jangni men uzoq kutgan edim. Turli sabablar bilan
bir necha bor AQSHga safarim kechiktirilgandi. Mana nihoyat bugun o'sha jang bo'lib
o'tdi. Raqibimni ortiqcha qiyinchiliksiz nokautga uchratdim. O'z g'alabam bilan
muxlislarga quvonch ulasha olgan bo'lsam, bundan xursandman.
Maqsadim - jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritish! Bu ish qanchalik tez amalga
oshsa, shuncha yaxshi bo'lardi. Menejerimdan chempionlik kamari uchun jang tashkil qilib
berishini so'radim. Rejaga ko'ra 12 yanvar kuni ringga ko'tarilaman”, - dedi
SHohjahon Ergashev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar