12 jan 07:59
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev va uning raqibi taroziga chiqdi+FOTO
Engilmas va nokautchi bokschimiz SHohjahon Ergashev (11-0, 11 KOs) o'zining navbatdagi jangini bizning vaqt bilan ertaga tong saharda o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Hamyurtimiz o'zining prof ringdagi 12-jangini AQSHning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida o'tkazadi. SHohjahonning raqibi amerikalik engilmas bokschi Soni Fredrikson (18-0, 12 KOs) bo'ladi.
Ertangi jang oldidan bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ikkala nokautchi bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Malumot uchun, amerikalik bokschi faoliyati davomida 18ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alabaga erishgan. O'n ikkita jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
SHohjahon Ergashev esa 11ta jangining barchasini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar